» » Lola Karimova-Tillayeva Jahon kubogi sovrindori bo‘lgan Anastasiya Serdyukovani tabrikladi

Lola Karimova-Tillayeva Jahon kubogi sovrindori bo‘lgan Anastasiya Serdyukovani tabrikladi


Poytaxt Toshkent mezbonlik qilgan badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogida o‘zbekistonlik Anastasiya Serdyukova bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Sportchi tasmada mashq bajarishda hakamlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi hamda shohsupadan joy oldi. Keyinroq O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti Lola Karimova-Tillayeva o‘zining Instagram sahifasida Serdyukovani tabrikladi.

O‘zbekistonlik gimnastchimiz Anastasiya Serdyukovani Toshkent shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan Jahon kubogi bosqichida bronza medalini qo‘lga kiritgani bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Lola Karimova-Tillayeva, O‘GF prezidenti

Ma’lumot uchun, Toshkentdagi Jahon kubogida Avstraliya, AQSh, Bolgariya, Indoneziya, Ispaniya, Isroil, Norvegiya, Sloveniya, Tailand, Finlyandiya, Shveysariya, Yaponiya hamda MDH davlatlaridan yuzga yaqin gimnastikachi ishtirok etgandi.

Опубликовано: admin (25-04-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 118) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют