» » O‘zbekistonda shaharsozlik me’yorlari va qoidalarini yangilash uchun xorijiy kompaniya jalb qilinadi

O‘zbekistonda shaharsozlik me’yorlari va qoidalarini yangilash uchun xorijiy kompaniya jalb qilinadi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-iyul, dushanba kuni arxitektura va qurilish sohasidagi islohotlar natijalariga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, qurilish sohasini takomillashtirish, shaffoflikni ta’minlash, ipoteka bozorini rivojlantirish maqsadida oxirgi uch yilda Prezidentning 40 ga yaqin qarori qabul qilindi.

Mavzuga doir: Qurilishda korrupsiya va qog‘ozbozlikni tugatishi kutilayotgan “Shaffof qurilish” tizimi haqida ma’lumot berildi

Bu sa’y-harakatlarning izchil davomi sifatida davlat rahbarining 2020-yil 13-martdagi farmonida qurilish sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, barcha bosqichlarda shaffoflikni ta’minlash, innovatsion ishlanmalar va ilg‘or axborot texnologiyalarini keng qo‘llash chora-tadbirlari belgilangan edi.

Qurilish vazirligi oldiga 337 ta shaharsozlik qoida va normasidan 2020-yilda 60 tasini yangilash vazifasi qo‘yilgan. Yil boshida vazirlikda Qurilishda texnik me’yorlash markazi tashkil etilib, unga 15 nafar malakali mutaxassis olingan. Hozirda 33 ta yangi shaharsozlik qoida va normasi ishlab chiqilgan.

Yig‘ilishda bu boradagi ishlarni jadallashtirish uchun ilg‘or tajribaga ega xorijiy kompaniyani jalb etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Mavzuga doir: Davlat shaharsozlik kadastri geoportali funksiyalari namoyish etildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют