» » Habibning menejeri: Konor revanshni xohlasa, avvaliga Islom Maxachev bilan jang qilsin

Habibning menejeri: Konor revanshni xohlasa, avvaliga Islom Maxachev bilan jang qilsin


Rossiyalik yakkakurashchi Habib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdulaziz ikki vazn toifasida UFC chempioni Konor Makgregor mijoziga qarshi revansh jangini xohlayotgan bo‘lsa, avvaliga Islom Maxachev bilan kurashishi kerakligini aytib o‘tdi.

“Hozir biz shart qo‘yamiz, men u emasman. Konor pul yig‘ish uchun boshqa kim bilandir jang qilishi kerak.

Konor yengil vazn toifasida hatto uchlikka ham kirmaydi, to‘rtinchi yoki beshinchi. Ana Neyt Dias yoki Xorxe Masvidal bilan jang qilsin. U qiziqarli jangda g‘alaba qozonsin. Unga yaxshi raqib kerak.

Agar sen Habib bilan jang qilishni xohlasang, avvaliga Islom Maxachev bilan kurash. Shundan keyin Habib senga revansh imkoniyatini beradi”, — deydi Abdulaziz.

Habib Nurmagomedov 2018-yilning oktabr oyida Konor Makgregorni UFC 229 musobaqasida mag‘lub etgandi.

Habib Nurmagomedov ishtirokidagi barcha janglar videosini bu yerda tomosha qiling (ko‘rish).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют