» » Tinglang, muhokama qilmang. Tushkunlikdagi yaqin insoningizga bera olishingiz mumkin bo‘lgan yordam

Tinglang, muhokama qilmang. Tushkunlikdagi yaqin insoningizga bera olishingiz mumkin bo‘lgan yordam


Inson ba’zi vaqtda o‘zini yomon his qilishi, tushkunlikka tushishi mumkin. Bunday vaqtda hamma ham psixologga murojaat qilavermaydi va ichiga yutadi. Lekin muammo, dard va ko‘ngilsizliklarni boshqa birov bilan bo‘lishmaslik, ichida saqlash salomatlik va asab tizimining ishdan chiqishiga, jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin. Yaqin insoningiz shunday ahvolda ekanini sezgan bo‘lsangiz, sizga dardini aytishi mumkinligini anglatib, quyidagi tavsiyalarga amal qiling.

Diqqat bilan tinglang

Yaqin insoningiz uy, ish, shaxsiy hayotidagi muammolar sabab o‘zini yomon his etayotgan bir vaqtda siz bilan hammasini bo‘lishishni istasa, uni diqqat bilan tinglashning o‘zi bilan unga ancha yordam bera olishi mumkinligini unutmang. Boshqa insonlar qolib, sizga o‘z muammolarini anglatyaptimi, demak, sizni rostan ham o‘ziga yaqin oladi. Inson stressga tushganida dardini bo‘lisha oladigan, tinglaydigan insonning bo‘lishi o‘zini ancha yengil his qilishga sababchi bo‘ladi. Tinglash davomida uni muhokama qilmang.

Gapini bo‘lmang

Suhbat davomida inson holati yaxshi emasligidan his-tuyg‘ularini tushuntirib berolmasligi, ifodalovchi so‘z topolmasligi yoki biroz muddat sukut saqlab qolishi mumkin. Bunday vaqtda u insonning gaplarini bo‘lmang, dardini o‘zi istaganidek anglatishiga qo‘yib bering.

Motivatsiya bering

Yaqin insoningiz ruhiy holatidan kelib chiqib, qalbidagilarni anglatayotgan vaqtda uni yupatishga urining, lekin oshirib yubormang. Hayotda hamma narsa bo‘lishi mumkin ekanligi, bundan avval ham muammolar bo‘lgani va o‘tib ketgani, bu galgisi ham vaqt o‘tib unutilishini tushuntiring. Hayot past-balandliklardan iboratligi, asosiysi, bunday vaziyatdan keyin insonning to‘g‘ri xulosa chiqarib, kuchli bo‘lishi kerakligini bildiring. Hozir emotsiyada ekani va bu tabiiy holligi, lekin qaror qabul qilish uchun tiniqib uxlab, qornini to‘ydirib, hech kim yo‘q joyda ma’lum fikrga kelishi kerakligini bildiring.

Baho bermang

Suhbatdoshingizni tinglash davomida voqeani boricha tinglang, vaziyatning yaxshi-yomon, oq va qora tomonlarini hozir muhokama qilishga, baho berisha oshiqmang, yaqin insoningizni tuyg‘ularini his qilishga urining. Suhbatdoshingizga bunday vaqtda “men seni tushunaman” jumlasi ham yaxshi yupanch bo‘la oladi, faqat aytilishi kerak bo‘lgani uchungina emas rostan ham his qilib tushunish va buni suhbatdoshga anglatish kerak. Tushkunlikka tushgan odam o‘zini yolg‘iz his etmasligi kerak, yonida uni tushunadigan qo‘llab-quvvatlaydigan insonlar bor ekanini bilishi o‘zida kuch topishiga sabab bo‘ladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют