» » “Radioaloqa, radioeshttirish va televideniye markazi”ning kapital qurilish bo‘yicha direktori Alisher Abduazizov vafot etdi

“Radioaloqa, radioeshttirish va televideniye markazi”ning kapital qurilish bo‘yicha direktori Alisher Abduazizov vafot etdi


O‘zbekistonning “Radioaloqa, radioeshttirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasi kapital qurilish bo‘yicha direktori Alisher Abduazizov 2020-yil 20-iyul kuni bevaqt olamdan o‘tdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Alisher Abduazizov 1961-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 1983-yilda boshlab, aloqa va axborotlashtirish sohasidagi “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Respublika axborot-kutubxona markazi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida turli rahbarlik lavozimlarda faoliyat olib borgan hamda soha rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. Alisher Abduazizov ayni kunga qadar “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi”ning kapital qurilish bo‘yicha direktori lavozimida mehnat faoliyatini olib borgan.

“Alisher Abduazizov aloqa va axborotlashtirish sohasining rivojiga katta hissa qo‘shgan rahbarlardan biri bo‘lib, mas’uliyatli, samimiy, o‘z kasbining ustasi, jonkuyar va fidoyi inson edi”, — deyiladi DUK xabarida.

“Radioaloqa, radioeshttirish va televideniye markazi” DUK mehnat jamoasi marhumning qarindosh va yaqinlariga, hamkasblariga chuqur ta’ziya va hamdardlik izhor etgan.

Korxona matbuot xizmati xabarida 59 yoshli Alisher Abduazizovning o‘limiga nima sabab bo‘lgani ma’lum qilinmagan.

Avvalroq Markaziy bank raisining sobiq o‘rinbosari Ashur Qodirov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, rassom Zubaydulla Botirov, Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Axborot xizmati katta mutaxassisi, podpolkovnik Zoyir Saydaliyev vafot etgani haqida xabarlar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют