» » Pep Gvardiola Premyer Ligada Aleks Fergyusonning rekordini yangiladi

Pep Gvardiola Premyer Ligada Aleks Fergyusonning rekordini yangiladi


“Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bir mavsum davomida boshlang‘ich tarkibda o‘zgarishlar qilish borasida Premyer Liga rekordini o‘rnatdi.

Joriy mavsum 37-turiga kelib ispaniyalik mutaxassis jamoa boshlang‘ich tarkibida 143 ta o‘zgarishga qo‘l urdi. Bu borada Gvardiola “Manchester Yunayted” sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyusonning rekordini ortda qoldirdi. 2008/09-yilgi mavsumda Fergyuson boshlang‘ich tarkibda 140 ta o‘zgarish qilgandi.

Mazkur ko‘rsatkich borasida yetakchi murabbiylar bilan tanishing:

1. Xosep Gvardiola (143 o‘zgarish, 2019/2020-yilgi mavsum)

2. Aleks Fergyuson (“Manchester Yunayted”, 140, 2008/2009)

3. Stiv Maklaren (“Midlsbro”, 136, 2005/2006)

4–5. Aleks Fergyuson (“Manchester Yunayted”, 135, 2012/2013)

4–5. Yurgen Klopp (“Liverpul”, 135, 2017/2018).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют