» » AQShda Suzuki bazasida yaratilgan noyob pikap sotuvga qo‘yildi

AQShda Suzuki bazasida yaratilgan noyob pikap sotuvga qo‘yildi


AQShda 1993-yilda ishlab chiqarilgan yashil rangli noyob Geo Metro pikapi sotuvga qo‘yildi. To‘laqonli yuk platformasi bilan jihozlangan noodatiy avtomobilni 2,5 ming dollarga xarid qilish mumkin, deb xabar beradi Motor.

Mazkur kichkina pikap ikki eshikli Suzuki xetchbeki bazasi yaratilgan. Yaponiya kompaniyasi bu turdagi avtomobillarni 1988-yildan 1997-yilga qadar ishlab chiqargan. Avtomobilning orqa qismi to‘laqonli yuk platformasiga aylantirilgan, g‘ildiraklari almashtirilgan.

Seriyali Geo Metro kapoti ostidan 50 ot kuchiga ega 1,3 litrli benzin motori o‘rin olgan. Modifikatsiyaga uchragan pikapni esa qanday dvigatel harakatga kelishi noma’lum, biroq agregat kuzov kabi yashil rangga bo‘yalgan. Bundan tashqari, mini yuk mashinasiga uch pog‘onali avtomatik transmissiya o‘rnatilgan. Shuningdek, avtomobil modifikatsiyalangan havo haydagich va ikkitalik gaz chiqargich bilan jihozlangan.

Sotuvchining so‘zlariga ko‘ra, pikapning “pokrishka”laridan tashqari boshqa biror texnik qismiga pul sarflash kerak emas — barchasi soz holatda. Ayni vaqtda 100 ming kilometr yo‘l bosgan Geo Metro’ni 2,5 ming dollar evaziga xarid qilish mumkin.

Mavzuga doir: Kanadada dunyodagi eng kichik avtomobil 30 ming dollar evaziga sotuvga qo‘yildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют