» » AQShda juda noyob uch eshikli Mercedes-Benz G500 sotuvga qo‘yildi

AQShda juda noyob uch eshikli Mercedes-Benz G500 sotuvga qo‘yildi


AQShda g‘ildirak bazalari kichkina bo‘lgan uch eshikli Mercedes-Benz G-Class sotuvga qo‘yildi, deb xabar beradi Carakoom.

Bu turdagi model butun dunyoda juda kam uchraydi. Suratlarda tasvirlangan yo‘ltanlamas W463 kuzovi va V8 motori o‘rnatilgan kaltabazali 10 ta Mercedes-Benz G-Class’dan biri hisoblanadi. Ayni vaqtda ushbu noyob model 222 kilometr yo‘l bosgan bo‘lib, Sante-Fe shahrida sotuvga qo‘yilgan.

Mashinaning so‘nggi egasi uni 2018-yilda xarid qilgan bo‘lib, model tashqi ko‘rinishiga bir qator o‘zgartirishlar kiritgan. Xususan, yo‘ltanlamasning old qismida Brabus “maskasi”, faralari, oyoq qo‘ygichlari, AMG yon gaz chiqargichlari, shishali lyuk hamda Brabus’ning 22 dyuymli g‘ildiraklari o‘rnatilgan.

Mashina interyeri qora charm va tabiiy yog‘ochdan ishlangan. Old va orqa o‘rindiqlar isitish funksiyasiga ega.

Modelga 300 ot kuchi va 440 Nm aylanuvchi momentga ega 5,0 litrli atmosfera V8 motori o‘rnatilgan bo‘lib, u besh pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.

Mavzuga doir: Olti g‘ildirakli Brabus ikkita Rolls-Royce narxida sotuvga qo‘yildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют