» » Mesut O‘zil Turkiya klubi o‘tmoqchi emas. U “Fenerbahche” taklifini rad qildi

Mesut O‘zil Turkiya klubi o‘tmoqchi emas. U “Fenerbahche” taklifini rad qildi


Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil faoliyatini Turkiyada davom ettirish taklifini rad etdi. Bu haqda Bild xabar bermoqda.

Manbaning yozishicha, asli turk bo‘lgan germaniyalik 31 yoshli futbolchining xizmatlariga “Fenerbahche” qiziqish bildirgan. Klub O‘zilga taklif bilan chiqqan, biroq yarim himoyachi bu taklifni rad etgan. Xavbekning 2021-yilning yozigacha, ya’ni shartnomasi yakuniga yetguniga qadar “Arsenal”da qolmoqchi ekanligi ta’kidlanmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zil 2013-yildan beri “Arsenal” sharafini himoya qilib keladi. Ungacha u “Shalke-04”, “Verder” va “Real Madrid” klublarida to‘p surgan.

Angliya Premyer Ligasining 2019/20-yilgi mavsumida Mesutning hisobida 18 ta o‘yin, 1 ta gol va 2 ta assist bor.

“Arsenal” Angliya chempionatining 36-turidan keyin 53 ochko bilan musobaqa jadvalida 10-o‘rinda bormoqda.

Mesut O‘zilning “Real” safidagi barcha gollarini tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 31) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют