» » O‘zbekistonda abituriyentlarning eng yoshi 13, eng kattasi 95 yoshda ekanligi qayd etildi

O‘zbekistonda abituriyentlarning eng yoshi 13, eng kattasi 95 yoshda ekanligi qayd etildi


O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda 13 yoshdan 95 yoshgacha bo‘lgan abituriyentlar qayd etildi, deb xabar beradi O‘zA.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil O‘zbekiston bo‘yicha 91 ta oliy ta’lim muassasasida o‘qish uchun 1 million 484 ming 85 nafar abituriyent hujjat topshirgan (2019-yilda 1 million 66 ming 926 abituriyent). Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 417 ming 159 nafarga yoki 39,1 foizga ko‘p.

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga hujjat topshirganlarning 536 ming 144 nafari 2019/2020-o‘quv yili bitiruvchilari hisoblanadi. Tanlov ko‘rsatkichi o‘rtacha bir o‘ringa 10,57 abituriyent ishtirokiga to‘g‘ri kelmoqda.

Ta’kidlanishicha, ro‘yxatdan o‘tganlar orasida eng yosh abituriyent — 13 yosh, eng yoshi katta talabgor — 95 yoshda.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda O‘zbekistonda abituriyentlarning eng yoshi 14, eng kattasi 87 yoshda edi. O‘tgan yili o‘qishga kira olmagan Surxondaryo viloyati Angor tumanida yashovchi Mamatqul ota Berdialiyev (hozirda 88 yoshda) 2020-yilda yana talaba bo‘lish orzusi bilan Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialiga hujjat topshirgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют