» » Oliy ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar soni 114 mingdan oshdi

Oliy ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar soni 114 mingdan oshdi


2-iyul holatiga ko‘ra Respublika Oliy ta’lim muassasalariga o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar soni 114 ming nafardan oshdi. Bu haqida O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi O‘zA.

Abituriyentlarning eng ko‘p ro‘yxati qayd etilgan (tanlov) oliy ta’lim muassasalari uchtaligiga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (bir o‘ringa 2,96 nafar abituriyent), Andijon tibbiyot instituti (bir o‘ringa 2,81 nafar abituriyent), Guliston davlat universiteti (bir o‘ringa 2,23 nafar abituriyent) kirmoqda.

Abituriyentlarning eng ko‘p ro‘yxati qayd etilgan ta’lim yo‘nalishlari sirasiga esa Maktabgacha ta’lim (6490 nafar abituriyent), Boshlang‘ich ta’lim va sport (6240 nafar abituriyent), Jismoniy madaniyat (5901 nafar abituriyent) kabilarni kiritish mumkin.

Abituriyentlar eng ko‘p hujjat topshirgan hududlar 3 taligida esa Qashqadaryo viloyati (11 321 nafar abituriyent) yetakchilik qilmoqda.

Undan keyin Andijon (11 098 nafar abituriyent) va Samarqand viloyatlari (10 596 nafar abituriyent) qayd etilgan.

Davlat test markazi tomonidan berilgan ma’lumotga qaraganda joriy yilda hujjat topshiradigan abituriyentlar soni avvalgi yillarga qaraganda keskin ortishi va 1,5 millionga yaqin kishi hujjat topshirishi kutilmoqda.

Joriy o‘quv yilida test sinovlarini o‘tkazish uchun Toshkent shahri va mamlakat hududlari markazlarida 69 ta yuqori sig‘imli binolar tanlab olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2019, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют