» » O‘zbekistonda 675 ming abituriyent oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirdi

O‘zbekistonda 675 ming abituriyent oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirdi


Joriy yilning 15-iyunidan 15-iyulgacha respublika bo‘yicha jami 60 ta oliy ta’lim muassasalari va ularning 19 ta filialiga 675 049 nafar abituriyentdan ariza qabul qilindi. Tanlov ko‘rsatkichi bir o‘ringa o‘rtacha 8,3 tani tashkil etdi. Bu haqda Davlat test markazi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p hujjat quyidagi oliy ta’lim muassasalariga topshirilgan:

Qarshi davlat universiteti — 30 937 nafar;

Samarqand davlat universiteti — 28 733 nafar;

Farg‘ona davlat universiteti — 27 726 nafar.

Eng katta konkurs quyidagi oliy ta’lim muassasalarida qayd etildi:

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali — 1 o‘ringa 23,2;

Andijon mashinasozlik instituti — 1 o‘ringa 18,3;

Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filialida – 1 o‘rin 17,6 ta.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2018, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют