» » Toshkentda Jomiy bozori yaqinidagi bir nechta qurilish do‘konlarida yong‘in kelib chiqdi (foto+video)

Toshkentda Jomiy bozori yaqinidagi bir nechta qurilish do‘konlarida yong‘in kelib chiqdi (foto+video)


Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan Jomiy bozori yaqinidagi qurilish mollari do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, yong‘in 22-iyun kuni soat 15:34 da boshlangan. Bir necha daqiqada favqulodda hodisa joyiga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 6 ta o‘t o‘chirish va qutqaruv guruhi yetib kelgan.

Yong‘in qutqaruv jangovar bo‘limlari manzilga soat 15:41 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida soat 16:14 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan hamda do‘konlarning 2000 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Yong‘in natijasida qurilish mollari do‘konlarida jami 200 kvadrat metr maydoni yonib ketgan. Hozirda yong‘in sabablari va yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют