» » Uch mavsumdan beri o‘z uyida yutqazmagan “Liverpul” yana bir rekord o‘rnatdi

Uch mavsumdan beri o‘z uyida yutqazmagan “Liverpul” yana bir rekord o‘rnatdi


Angliya Premyer Ligasining 37-turida “Liverpul” o‘z maydonida “Chelsi”ni 5:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Bu “Liverpul”ning Angliya chempionati 2019/20-yilgi mavsumdagi so‘nggi uy uchrashuvi edi. Oxirgi turda Mersisayd klubi “Nyukasl” maydoniga safar qiladi. “Liverpul” joriy mavsumda o‘z maydonida o‘tkazilgan o‘yinlarning hech birida mag‘lubiyatga uchramadi.

Shu tariqa Yurgen Klopp shogirdlari APL doirasida ketma-ket 3-mavsumda o‘z uyida o‘tkazilgan o‘yinlarda mag‘lub bo‘lmay, klub rekordini o‘rnatdi.

Avvalroq “qizillar”ning ushbu mavsumda 31 ta o‘yinda g‘alaba qozonib, klubning 128 yillik rekordini o‘rnatgani to‘g‘risida xabar qilingandi.

Muhammad Saloh, Sadio Mane, Roberto Firminoning APLdagi dastlabki 50 ta golini tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют