» » APL. “Liverpul” 128 yillik tarixida ilk bor bir mavsumda 31 ta o‘yinda g‘alaba qozondi

APL. “Liverpul” 128 yillik tarixida ilk bor bir mavsumda 31 ta o‘yinda g‘alaba qozondi


“Liverpul” Angliya Premyer Ligasida o‘zining tarixiy rekordini o‘rnatdi.

Premyer Liganing 37-tur uchrashuvida Yurgen Klopp shogirdlari “Chelsi”ni mag‘lub etdi (5:3). Bu mersisayd klubi uchun ushbu mavsum APLdagi 31-g‘alaba bo‘ldi. Squawka xabariga ko‘ra, “Liverpul” 128 yillik tarixida ilk marta bunday natijaga erishgan.

Shuningdek, “Liverpul” APLda o‘z maydonidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 59 ta o‘yingacha uzaytirib oldi. Jamoa 2017-yildan beri o‘z maydonida o‘tkaziladigan uchrashuvlarda yutqazmayapti. Bu Angliya futbolining kuchli to‘rtlik divizionlari tarixidagi uchinchi eng yaxshi seriya hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” 31-turdan so‘ng chempionlik masalasini hal qilgan.

Muhammad Salohning APLdagi dastlabki 50 ta golini tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют