» » Makronning g‘alabasi yevropalik boylarga 27 milliard dollar keltirdi

Makronning g‘alabasi yevropalik boylarga 27 milliard dollar keltirdi


Fransiya prezidentligiga saylovning birinchi tur natijalari e’lon qilingach, Yevropa fond maydonidagi o‘sish yevropalik boylarning davlati 27 milliard dollarga ortishiga olib keldi. Bu haqda Bloomberg’ga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Bloomberg Billionaires Index’ning ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa bozorlaridagi o‘sish 17 oydagi maksimumgacha yetdi va indeksning yevropalik ishtirokchilari kapitalini 2,6 foiz o‘sishiga olib keldi.

Bir kun davomida boyligi eng ko‘p ortgan biznesmen Zara brendi asoschisi, ispaniyalik Amansio Ortega bo‘ldi. 24-aprel kuni uning kapitali 2,7 milliard dollarga ortdi.

Fransiyada prezidentlik saylovining birinchi turi 23-aprel kuni bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, “Olg‘a!” harakati asoschisi Emmanyuel Makron 24,01 foiz ovoz to‘plab, birinchi o‘rinni egalladi, unga eng yaqin masofaga kelgan raqibi esa 21,3 foiz ovoz to‘plagan “Milliy front” partiyasi yetakchisi Marin Le Pen bo‘ldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-04-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют