» » Toshkentning bir nechta tumanlarida “Arbidol” va “Ergoferon”ni noqonuniy ravishda qimmat sotayotganlar ushlandi

Toshkentning bir nechta tumanlarida “Arbidol” va “Ergoferon”ni noqonuniy ravishda qimmat sotayotganlar ushlandi


Toshkentning bir nechta tumanlarida “Arbidol” va “Ergoferon” kabi preparatlarni noqonuniy ravishda pullayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura axborot xizmati ma’lum qilgan.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh. xorijda ishlab chiqarilgan va qo‘lbola usulda qadoqlangan “Arbidol” dori vositasining har bir qutisini 450 ming so‘mdan hisoblab, 40 qutisini xaridorga 18 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Shu kunning o‘zida olib borilgan tergovga qadar tekshiruvda Sh.ning mazkur dori vositasini Telegram’dagi “Onp_uzb” kanali orqali I. va S. ismli shaxslardan qayta sotish maqsadida har bir qutisini 320 ming so‘mdan hisoblab, 40 qutisini 1200 AQSh dollari va 560 ming so‘mga sotib olgani aniqlangan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro I. va S. tomonidan fuqaro Sh.ga xorijda ishlab chiqarilgan va qo‘lbola usulda qadoqlangan “Arbidol” dori vositasining har bir qutisini 320 ming so‘mdan hisoblab, 110 qutisini jami 35,2 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan tergovoldi tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar — N.R. va M.A. “Arbidol” dori vositasini har bir qutisini 32 AQSh dollaridan hisoblab, 200 qutisini 2000 AQSh dollari va 44,7 million so‘mga fuqaro M.U.ga qonunga xilof ravishda sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan N.R. va M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 186(3)-moddasi 2-qismi “b” bandi (Og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan sifatsiz mahsulot chiqarish yoki sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Shayxontohur tumanida Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar — A.B., Sh.K. va J.A. oldindan til biriktirib, 100 quti “Arbidol” dori vositasini har bir qutisini 450 ming so‘mdan hisoblab, jami 4000 AQSh dollari va 5 million so‘mga fuqaro V.Q.ga qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan A.B., Sh.K. va J.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 186(3)-moddasi 2-qismi “b” bandi (Og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan sifatsiz mahsulot chiqarish yoki sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yunusobod tumanida Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar — M.R., O.Y. va boshqalar o‘zaro oldindan til biriktirib, 100 quti “Ergoferon” dori vositasining har bir qutisini 130 ming so‘mdan hisoblab, jami 13 million so‘mga fuqaro Sh.K.ga qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan. Holat yuzasidan M.R., O.Y. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 186(3)-moddasi 2-qismi “b” bandi (Og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan sifatsiz mahsulot chiqarish yoki sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.

Avval Toshkent shahar prokurori poytaxtdagi 1 ming 562 ta dorixona rahbari narx-navoni asossiz oshirmaslik bo‘yicha jiddiy ogohlantirilganini aytgani, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan reydlarda hozirda talab keskin ortgan va dorixonalarda topish qiyin bo‘lgan “Ergoferon” va “Arbidol” dorilarining noqonuniy savdosi aniqlangani haqida xabarlar berilgan.

O‘zbekistonda koronavirus profilaktikasi uchun odamlar orasida “Arbidol”, “Ergoferon”ga bo‘lgan talab keskin oshgan. Xususan, “ArzonApteka” dori vositalari qidiruv tizimi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 10 kun davomida O‘zbekistonda eng ko‘p qidirilgan virusga qarshi qo‘llaniluvchi preparatlar ro‘yxatida “Arbidol”, “Ergoferon” ham bor. 8—17-iyun kunlari qidiruv xizmati orqali “Arbidol” 270, “Ergoferon” 185 marta qidirilgan bo‘lsa, 6—15-iyul kunlari esa ushbu dori vositalariga talab oshib, “Arbidol”ga 61 370 tani “Ergoferon”ga 19 900 tani tashkil etgan.

Jurnalist Barno Sultonova ham dorixonalarda hamma “Arbidol”, “Ergoferon”, “Paratsetamol” kabi dorilarni to‘xtovsiz olayotganiga guvoh bo‘lgan. Viloyatlarda, xususan, Buxoroda ham qator dori vositalari bilan birga “Arbidol”, “Ergoferon”ga bo‘lgan talab va ehtiyoj keskin oshgan.

Mutaxasisslar esa “Arbidol” dori vositasining foydasini nolga teng deb baholamoqda. Ushbu preparatning foydasi JSST tomonidan tasdiqlanmagan va COVID-19’ga qarshi foydalanishda tavsiya etilmagan. Bu dorilar Rossiya va uning atrofidagi davlatlardan tashqari hech qayerda ishlatilmaydi.

“Ergoferon” esa gomeopatik vosita bo‘lib, unda faol moddalar shunchalik kamligidan, inson tanasiga hech qanday ta’sir qilmaydi. Ya’ni na foydasi, na zarari bor. Shunchaki platsebo.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют