» » Olmazor tumani sobiq hokimining senatorlik vakolati tugatildi

Olmazor tumani sobiq hokimining senatorlik vakolati tugatildi


25-aprel kuni O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi (MSK)ning majlisi bo‘lib o‘tdi. MSK matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, majlisni komissiya raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov boshqardi.

Majlisda Toshkent shahrining Olmazor tumani sobiq hokimi Bahodir G‘oibnazarovning senatorlik vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Bu qaror G‘oibnazarovning yozma arizasiga binoan chiqarilgan.

Xabar berishlaricha, MSK Olmazor tumani sobiq hokimining senatorlik vakolati bilan birga, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor Abduqodirovning ham vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida alohida qaror qabul qilgan.

Avvalroq, Toshkent shahrining sobiq hokimi, 2016-yil sentabridan beri Jizzax shahriga hokimlik qilib kelayotgan Abduqahhor To‘xtayev Olmazor tumaniga hokim etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-04-2017, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют