» » Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan Qonliko‘l tumani hokimining o‘limini tasdiqladi

Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan Qonliko‘l tumani hokimining o‘limini tasdiqladi


Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan qoraqalpog‘istonlik 37 yoshli erkakning vafot etganini tasdiqladi.

Avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani hokimi Daulet Tolibayev bir necha kun oldin koronavirusga chalinib, kasalxonaga yotqizilgani, biroq ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida yashagan 37 yoshli Daulet Tolibayevda  isitma, umumiy holsizlik va quruq yo‘tal paydo bo‘lgach, joriy yil 10-iyul kuni respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir respirator distress sindrom tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, miya shishi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemorda semizlikning 3-darajasi, yurak ishemik kasalligi kabi hamroh kasalliklar ham bo‘lgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, miya shishidan vafot etgan.

Bu SSV statistikasi bo‘yicha 107, “Daryo” hisob-kitobiga ko‘ra esa O‘zbekistondagi 113-o‘lim holati.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 24-iyul kuni 492 kishida koronavirus aniqlandi. To‘rt ayol vafot etdi, ulardan biri homilador bo‘lgan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют