» » Butun dunyo bo‘ylab bir sutkada 284 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalindi. Kunlik antirekord yangilandi

Butun dunyo bo‘ylab bir sutkada 284 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalindi. Kunlik antirekord yangilandi


JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni so‘nggi sutkada 284 ming kishidan oshdi, kasallanganlarning 9,7 ming nafardan ortig‘i vafot etdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Avvalroq JSST 247 225 kishi COVID-19’ga chalingani, 7097 kishi vafot etganini ma’lum qilgandi. So‘nggi 24 soat davomida antirekord yangilanib, 284 196 kishi koronavirusga chalingani, 9753 kishi vafot etgani qayd etildi.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 15 296 926 kishiga yetgan, ularning kamida 628 903 nafari vafot etgan. 1-iyul kuni butun dunyoda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 13 million nafardan, 18-iyulda 14 million kishidan, 22-iyulda 15 milliondan oshgani xabar berilgandi.

Eng ko‘p kasallanish holati Shimoliy va Janubiy Amerikada (8 121 700 kishi) va Yevropada (3 170 382 kishi) qayd etilgan.

Mavzuga doir: Olimlar koronavirusdan vafot etish ehtimolini ikki baravar oshiradigan omilni aniqladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 120) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют