» » A Seriya. “Inter” Lukaku va Aleksisning gollari evaziga g‘alaba qozondi

A Seriya. “Inter” Lukaku va Aleksisning gollari evaziga g‘alaba qozondi


Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 36-turida “Inter” 25-iyul, shanba kuni “Jenoa” maydonida mehmon bo‘ldi.

Uchrashuvning 34-daqiqasida Romelu Lukaku milanliklarning dastlabki golini urdi. O‘yin yakunlanishi arafasida mehmonlar yana ikkita to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 82-daqiqada Aleksis Sanches o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Lukaku hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Mazkur g‘alabadan keyin ochkolari 76 taga yetkazib olgan holda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi va peshqadam “Yuventus”dan to‘rt ochko ortda qolmoqda.

Jennaro Gattuzo boshchiligidagi “Napoli” esa o‘z uyida “Sassuolo”ni qabul qildi. Uchrashuvda Elsaid Hyusay va Allan tomonidan kiritilgan to‘plar neapolliklarga g‘alaba keltirdi.

“Napoli” ochkolarini 59 taga yetkazdi va 7-pog‘onada bormoqda. “Sassuolo” (48) esa 8-o‘rinni egallab turibdi.

A Seriya

36-tur bahslari

25-iyul, shanba

Gollar: 0:1 – 34 Lukaku, 0:2 – 82 Sanches, 0:3 – 90+3 Lukaku.

“Jenoa”: Perin, Sapata, Krishito, Romero, Ankersen (Gilone, 76), Yagello, Bexrami (Shene, 59), Rovella (Destro, 77), Goldaniga, Favilli (Pandev, 70), Pinamonti.

“Inter”: Handanovich, Ranokkiya, Shkrinyar (D`Ambrozio, 64), Godin, Biragi (Yang, 84), Galyardini, Mozes (Kandreva, 84), Brozovich, Eriksen (Valero, 64), Martines (Sanches, 64), Lukaku.

Ogohlantirishlar: Krishito (16), Galyardini (42), Romero (45), Ranokkiya (74), Handanovich (86).

Gollar: 1:0 – 8 Hyusay, 2:0 – 90+3 Allan.

“Napoli”: Ospina, Manolas (Maksimovich, 60), Di Lorenso, Kulibali, Hyusay, Lobotka, Fabian Ruis (Allan, 80), Kalyexon (Politano, 67), Zelinski (Elmaz, 79), Insinye, Milik (Mertens, 67).

“Sassuolo”: Konsili, Ferrari, Marlon, Rojerio (Mansari, 88), Myuldyur (Tolyan, 46), Lokatelli (Kiryakopulos, 83), Manyanelli, Traore (Raspadori, 73), Jurichich (Garaslin, 83), Berardi, Kaputo.

Ogohlantirishlar: Berardi (39), Jurichich (68), Mertens (69), Marlon (74).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2020, 03:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют