» » Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida 24 kishi koronavirus va pnevmoniyadan vafot etdi, Qozog‘istonda esa yana 1402 kishida COVID-19 aniqlandi

Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida 24 kishi koronavirus va pnevmoniyadan vafot etdi, Qozog‘istonda esa yana 1402 kishida COVID-19 aniqlandi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 813 kishida koronavirus aniqlandi, shuningdek, 589 kishida kasallikning belgisiz holati qayd etilgan. Umumiy hisobda bir sutka davomida COVID-19 qayd etilgan bemorlar soni 1402 kishini tashkil etgan, deb xabar beradi Tengrinews.

Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 83 122 kishiga yetgan. Hozirga qadar 52 571 kishi sog‘aygan. Tengrinews’ning yozishicha, mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 610 kishiga yetgan, biroq rasmiy statistikada vafot etganlar soni hamon 585 kishini tashkil etmoqda.

Mavzuga doir: Qozog‘iston prezidentining maslahatchisi mamlakatda 2 million nafarga yaqin odam koronavirus bilan kasallanib, tuzalib bo‘lganini taxmin qildi

Qirg‘izistonda 27-iyul holatiga ko‘ra, koronavirus va shifoxonadan tashqarida yuqtirilgan pnevmoniya bilan kasallanish bo‘yicha yana 482 ta holat qayd etildi, deb xabar beradi Kloop.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 154 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon COVID-19 va kasalxonadan tashqarida yuqtirilgan pnevmoniyaga chalinganlarning umumiy soni 33 296 kishiga yetgan. Koronavirus va pnevmoniya bilan kasallanganlarga oid statistika umumiylashtirilgach, ularning soni ortib ketgan.

Bundan tashqari, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tgan bir sutka ichida 24 kishida koronavirus va pnevmoniyadan vafot etgan qayd qilingan. Respublikada pandemiya boshlanganidan buyon vafot etganlar soni 1301 kishiga yetdi. Hozirga qadar 21 205 nafar bemor sog‘aygan.

Mavzuga doir: Qirg‘izistonda koronavirus qurbonlari xotirasiga motam e’lon qilinadi

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 36 157 kishiga yetdi.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan hozirga qadar 25 180 bemor tuzaldi. Umumiy hisobda 1259 kishi kasallik oqibatida vafot etgan.

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 7192 kishiga yetdi, deb xabar beradi Central Asia.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, respublikada o‘tgan sutka davomida yana 42 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 64 kishiga shifoxonadan javob berilgan. Tojikistonda hozirga qadar 59 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 5970 bemor sog‘aygan.

Mavzuga doir: Tojikiston strategik tadqiqotlar markazi direktori koronavirus infeksiyasi mamlakat uchun fojiali bo‘lmagani sabablarini ma’lum qildi

O‘zbekistonda 27-iyul soat 11:30 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 20 820 taga yetdi. Ayni paytda mamlakatda 11 105 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog‘aygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют