» » Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 1707 kishida, Tojikistonda esa 46 kishida koronavirus aniqlandi

Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 1707 kishida, Tojikistonda esa 46 kishida koronavirus aniqlandi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 925 kishida koronavirus aniqlandi, shuningdek, 782 kishida kasallikning belgisiz holati qayd etilgan. Umumiy hisobda bir sutka davomida COVID-19 qayd etilgan bemorlar soni 1707 kishini tashkil etgan, deb xabar beradi Tengrinews.

Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 66 895 kishiga yetgan. Hozirga qadar 40 256 kishi sog‘aygan, 396 kishi virus qurboniga aylangan.

Mavzuga doir: Qozog‘istonning bosh travmatologi va Turkiston viloyati hokimi o‘rinbosari koronavirusdan vafot etdi

Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 76 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolonews.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 35 070 kishini tashkil etmoqda.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan hozirga qadar 22 881 bemor tuzaldi. Umumiy hisobda 1115 kishi kasallik oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir: Afg‘oniston prezidentining homiysi bo‘lgan o‘zbek biznesmeni Turkiyada koronavirusdan vafot etdi

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 6741 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”. O‘tgan sutka davomida yana 46 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 48 kishiga shifoxonadan javob berilgan. Tojikistonda hozirga qadar 56 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 5431 bemor sog‘aygan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston—Tojikiston chegarasida haydovchilarning koronavirusga tekshirilishi sabab yuzlab yuk mashinalari turib qoldi

O‘zbekistonda 17-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 15 349 kishiga yetdi. Ayni paytda mamlakatda 8783 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan, hozirga qadar 77 kishi COVID-19 qurboniga aylangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 22) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют