» » Namanganda sevgan qizi boshqaga unashtirilganidan so‘ng 5 marotaba pichoq urib o‘ldirgan yigit 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Namanganda sevgan qizi boshqaga unashtirilganidan so‘ng 5 marotaba pichoq urib o‘ldirgan yigit 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi


Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida boshqaga unashtirilgan qizni rashk qilib, unga 5 marotaba pichoq urgan 19 yashar yigitga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Daryo”ga jinoyat ishlari bo‘yicha Norin tuman sudi raisi Jasur Qurbonov ma’lum qildi.

Jinoiy ish materiallarida ochiqlanishicha, voqea Uchqo‘rg‘on tumanida 2020-yil yanvar oyida ro‘y bergan. Tumandagi maktablardan birining 11-sinfida tahsil olayotgan Hikmat Mo‘minov (ism-shariflar shartli) o‘zidan katta sinfda o‘qib, maktabni bitirib ketgan Lobar Olimovaga ko‘ngil qo‘yadi. Biroq qiz 2019-yil dekabr oyida boshqa bir yigitga unashtiriladi.

Hikmat 2020-yil 29-yanvar kuni Lobar bilan ko‘rishib, uni odamlardan xoli bo‘lgan “Qozoqovul” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi “To‘daariq” kanali bo‘yiga olib boradi. Yurak sohasiga 5 marotaba urib, qizni qasddan o‘ldiradi.

Shundan so‘ng qo‘lidagi pichoq bilan o‘ziga ham 2 marotaba urib, yengil tan jarohati yetkazadi. Biroq joniga qasd qila olmasdan, voqea joyidan yashiringan.

Tezkor qidiruv davomida H. Mo‘minov 2020-yil 30-yanvar kuni soat 02:00 da Uchqo‘rg‘on tumani, “O‘ljato‘pi” MFY hududidagi qabristonda yashirinib yurgan vaqtida ushlangan.

Sudga oid tibbiy ekspertizasining 2020-yil 15-fevraldagi xulosasida marhumaning o‘limi ko‘krak qafasi chap tomoni ko‘krak bo‘shlig‘iga teshib kiruvchi kesilgan sanchilgan jarohati, o‘tkir ichki va tashqi qon ketishi, postgemoragik va plevropulmonal shok, o‘tkir yurak qon tomir va nafas yetishmovchiligidan kelib chiqqani, ushbu jarohatlar uni o‘limga olib kelgan og‘ir tan jarohat hisoblanishi ko‘rsatilgan.

— Sudlanuvchi sud jarayonida aybiga qisman iqror bo‘ldi. Uning bayon etishicha, Lobar Olimova avval uni, so‘ng o‘zini o‘ldirishini iltimos qilgan va yigitning qo‘liga pichoq tutqizgan. Hikmat unashtirilgan yigitdan rashk qilib, qizga bir necha bor pichoq urib yuborgan. O‘zining chap ko‘kragiga ham 2 marotaba urgan. Tanasi og‘rigani uchun o‘zini o‘ldira olmasdan, voqea joyiga pichoqni tashlab, ketib qolgan va ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Biroq to‘plangan vaj-dalillar bu ko‘rsatmalarni inkor qildi. Qolaversa, Namangan viloyat ruhiy asab kasalliklar shifoxonasining 2020-yil 29- fevraldagi xulosasida H.Mo‘minov jinoyat sodir etgan vaqtda ajablanish, qo‘rqish yoki ruhiy hayajonlanish holatida bo‘lmaganligi ko‘rsatilgan, — deydi J. Qurbonov.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Norin tuman sudining 2020-yil 6-iyuldagi hukmi bilan Hikmat Mo‘minov 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Sudlanuvchining advokati bu yuzasidan tegishli tartibda appelyatsiya berilishini bildirdi.

Mavzuga doir: Namanganda shifokorni urib, ko‘zini ko‘r qilgan shaxs 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют