» » Toshkentda koronavirusga chalingan 34 yoshli homilador ayol vafot etdi

Toshkentda koronavirusga chalingan 34 yoshli homilador ayol vafot etdi


Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashagan 34 yoshli Sh.M. (ayol) joriy yil 16-21 iyul kunlari shahar 9-son tug‘ruq kompleksida “27 haftalik 6-homiladorlik, 5-tug‘ruq, ikki tomonlama pnevmoniya, kamqonlik, nafas yetishmovchiligi” tashxisi bilan davolangan.

Bemorda “COVID-19” tasdiqlangach, shahar 3-son tug‘ruq kompleksiga o‘tkazilgan. Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют