» » Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida 28 kishi koronavirus va pnevmoniyadan vafot etdi, Qozog‘istonda esa yana 1526 kishida COVID-19 aniqlandi

Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida 28 kishi koronavirus va pnevmoniyadan vafot etdi, Qozog‘istonda esa yana 1526 kishida COVID-19 aniqlandi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 870 kishida koronavirus aniqlandi, shuningdek, 656 kishida kasallikning belgisiz holati qayd etilgan. Umumiy hisobda bir sutka davomida COVID-19 qayd etilgan bemorlar soni 1526 kishini tashkil etgan, deb xabar beradi Tengrinews.

Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 84 648 kishiga yetgan. Hozirga qadar 54 404 kishi sog‘aygan. Tengrinews’ning yozishicha, mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 610 kishiga yetgan, biroq rasmiy statistikada vafot etganlar soni hamon 585 kishini tashkil etmoqda.

Mavzuga doir: Qozog‘istonda 3-avgustdan karantin cheklovlari yengillashtirilishi kutilmoqda

Qirg‘izistonda 28-iyul holatiga ko‘ra, koronavirus va shifoxonadan tashqarida yuqtirilgan pnevmoniya bilan kasallanish bo‘yicha yana 548 ta holat qayd etildi, deb xabar beradi Kloop.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 139 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon COVID-19 va kasalxonadan tashqarida yuqtirilgan pnevmoniyaga chalinganlarning umumiy soni 33 844 kishiga yetgan. Koronavirus va pnevmoniya bilan kasallanganlarga oid statistika umumiylashtirilgach, ularning soni ortib ketgan.

Bundan tashqari, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tgan bir sutka ichida 28 kishida koronavirus va pnevmoniyadan vafot etgan qayd qilingan. Respublikada pandemiya boshlanganidan buyon vafot etganlar soni 1329 kishiga yetdi. Hozirga qadar 22 296 nafar bemor sog‘aygan.

Mavzuga doir: Qirg‘izistonda koronavirus qurbonlari xotirasiga motam e’lon qilinadi

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 36 363 kishiga yetdi.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan hozirga qadar 25 358 bemor tuzaldi. Umumiy hisobda 1270 kishi kasallik oqibatida vafot etgan.

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 7235 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, respublikada o‘tgan sutka davomida yana 43 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 58 kishiga shifoxonadan javob berilgan. Tojikistonda hozirga qadar 60 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 6028 bemor (83,3 foiz) sog‘aygan.

Mavzuga doir: Tojikiston strategik tadqiqotlar markazi direktori koronavirus infeksiyasi mamlakat uchun fojiali bo‘lmagani sabablarini ma’lum qildi

O‘zbekistonda 28-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 21 506 taga yetdi. Ayni paytda mamlakatda 11 674 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (54 foiz) sog‘aygan. Vazirlik hisobi bo‘yicha hozirgacha kasallikka chalingan bemorlarning 122 nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют