» » Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida 1687 kishida koronavirus aniqlandi, Qirg‘izistonda esa yana 42 kishi COVID-19 va pnevmoniyadan vafot etdi

Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida 1687 kishida koronavirus aniqlandi, Qirg‘izistonda esa yana 42 kishi COVID-19 va pnevmoniyadan vafot etdi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 911 kishida koronavirus aniqlandi, shuningdek, 776 kishida kasallikning belgisiz holati qayd etilgan. Umumiy hisobda bir sutka davomida COVID-19 qayd etilgan bemorlar soni 1687 kishini tashkil etgan, deb xabar beradi Tengrinews.

Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 78 486 kishiga yetgan. Hozirga qadar 49 488 kishi sog‘aygan. Tengrinews’ning yozishicha, mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 610 kishiga yetgan, biroq rasmiy statistikada vafot etganlar soni hamon 585 kishini tashkil etmoqda.

Mavzuga doir: Qozog‘iston O‘zbekistonga oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat insonparvarlik yordami jo‘natadi

Qirg‘izistonda 24-iyul holatiga ko‘ra, koronavirus va shifoxonadan tashqarida yuqtirilgan pnevmoniya bilan kasallanish bo‘yicha yana 921 ta holat qayd etildi, deb xabar beradi Kloop.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 273 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon COVID-19 va kasalxonadan tashqarida yuqtirilgan pnevmoniyaga chalinganlarning umumiy soni 31 247 kishiga yetgan. Koronavirus va pnevmoniya bilan kasallanganlarga oid statistika umumiylashtirilgach, ularning soni ortib ketgan.

Shuningdek, Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida pnevmoniya bilan kasallangan 1247 bemor sog‘aygan. Ayni vaqtda kasallikdan sog‘ayganlar soni 18 038 kishiga yetdi.

Bundan tashqari, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tgan bir sutka ichida 42 kishi koronavirus va pnevmoniyadan vafot etgani qayd qilingan. Respublikada pandemiya boshlanganidan buyon vafot etganlar soni 1211 kishiga yetdi.

Mavzuga doir: Shuhrat Abdurahmonov Andijonda koronavirus qayd etilgan fuqarolarning yarmi Qirg‘izistondan qaytgan o‘zbekistonliklar ekanligini ma’lum qildi

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 201 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 35 928 kishini tashkil etmoqda.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan hozirga qadar 24 550 bemor tuzaldi. Umumiy hisobda 1211 kishi kasallik oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir: BMT koronavirusga qarshi kurashda kambag‘al davlatlarga yordam ko‘rsatish rejasi uchun 10 mlrd dollar so‘ramoqda

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 7060 kishiga yetdi. O‘tgan sutka davomida yana 45 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 52 kishiga shifoxonadan javob berilgan. Tojikistonda hozirga qadar 58 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 5793 bemor sog‘aygan.

Mavzuga doir: Pop tumanidagi karantin hududiga xorijdan qaytgan 750 nafardan ortiq fuqaro joylashtirildi

O‘zbekistonda 24-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 18 986 nafarga yetdi. Ayni paytda mamlakatda 10 149 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (53 foiz) sog‘aygan. Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etib kelayotgan statistika bo‘yicha mamlakatda epidemiya boshlanganidan buyon 103 kishi vafot etgan. “Daryo” hisobi bo‘yicha esa koronavirusdan vafot etganlar soni 108 nafarni tashkil etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют