» » “Real” hujumchisi Mariano Dias koronavirusga chalindi

“Real” hujumchisi Mariano Dias koronavirusga chalindi


“Real” hujumchisi Mariano Diasda koronavirus aniqlandi. Bu haqda madridliklar klubi rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Futbolchining koronavirusga topshirgan testi ijobiy natija bergan, hozirda u o‘z uyida izolyatsiyaga olingan va mashg‘ulotlarga kelmayapti. U bilan muloqotda bo‘lgan sheriklarining izolyatsiyaga olingan yoki olinmagani haqida ma’lumot yo‘q.

Ta’kidlanishicha, futbolchi o‘zini yaxshi his qilmoqda.

O‘tgan haftada Ispaniyada COVID-19 infeksiyasining yangi to‘lqini yuzaga keldi. Ko‘plab hududlar, xususan, Madridda ham karantin qoidalari kuchaytirilgan.

Shu tariqa Mariano “Manchester Siti”ga qarshi kechadigan Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsida jamoasiga yordam bera olmaydi. Uchrashuv 7-avgust kuni Manchesterda bo‘lib o‘tadi. Madriddagi o‘yinda inglizlar 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi.

Mariano Dias joriy mavsum “Real” safida 7 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol muallifiga aylangan.

“Real Madrid” ijrosidagi super qarshi hujumlar orqali kiritilgan top-10 golni tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют