» » Kim Chen In yadro qurolini Shimoliy Koreyaning xavfsizlik kafolati deb atadi

Kim Chen In yadro qurolini Shimoliy Koreyaning xavfsizlik kafolati deb atadi


KXDR yetakchisi Kim Chen Inning ma’lum qilishicha, yadro qurolining borligi Shimoliy Koreyaning xavfsizlik kafolati hisoblanadi. U mazkur bayonotni 1950—1953-yillardagi Koreya urushining yakunlanganiga 67 yil to‘lishi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan faxriylar uchrashuvida qilgan. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Shimoliy Koreya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, XX asrning o‘rtasidagi urush takrorlanmasligi uchun mamlakatga “mutlaq kuch” kerak. Shu sababli KXDR yadro qurolini rivojlantirish yo‘lidan ketgan.

“Bizning ishonchi yardo qurolimiz tufayli bu yerda boshqa urush bo‘lmaydi, mamlakatimizning xavfsizligi va kelajagi esa abadiy ta’minlanadi”, — deya ma’lum qilgan Kim Chen In.

Uning qayd etishicha, yadro quroli Shimoliy Koreyani nafaqat harbiy tahdidlar va dushman kuchlaridan, balki har qanday siyosiy bosimdan ham himoya qiladi.

Shimoliy Koreya yadro quroli yaratish jarayonini 1950-yillarning boshida boshlagan. Mamlakat 2005-yilda yadro quroliga ega ekanligini tan olgan, mamlakatning birinchi yadro sinovi esa 2006-yilning kuzida bo‘lib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy va Janubiy Koreya munosabatlari iyun oyining boshlarida yomonlashdi. 14-iyun kuni Janubiy Koreya hukumati Shimoliy Koreya bilan bog‘liq har qanday vaziyat yuzasidan javob berishga tayyorligini ta’kidlab, KXDRni ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy bitim bo‘yicha kelishuvlarini amalga oshirishga chaqirdi. 16-iyun kuni esa Shimoliy Koreya harbiylari Keson shahrida joylashgan Koreyalararo aloqa ofisini portlatib yubordi.

Shuningdek, KXDR va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar ham keskinligicha qolmoqda. Ular o‘rtasidagi muzokaralar to‘xtab qolgan.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp KXDRga nisbatan sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirgan, Kim Chen In esa Janubiy Koreyaga qarshi harbiy harakatlar rejasini to‘xtatib turishga qaror qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют