» » Amerikalik erkak davlat tomonidan yordam sifatida ajratilgan pulga Lamborghini xarid qildi

Amerikalik erkak davlat tomonidan yordam sifatida ajratilgan pulga Lamborghini xarid qildi


Mayamida istiqomat qiluvchi Devid T.Xayns ismli tadbirkor davlat tomonidan koronavirus epidemiyasi sharoitida tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan yordam dasturi doirasida ajratilgan pullar evaziga 2020-yilda ishlab chiqarilgan Lamborghini Huracan sportkarini sotib oldi. Endilikda u 30 yilga qamalishi va katta miqdorda jarimaga tortilishi mumkin, deb yozadi NBC News.

Biznesmen bankdan davlat yordami sifatida 13,5 million dollar so‘ragan. Bank unga 3,9 million dollar ajratishga rozilik bergan.

Xayns ushbu mablag‘larni o‘z ishchilariga maosh sifatida sarflaganida, olingan qarzni qaytarmasligi ham mumkin edi. Biroq tadbirkor 318 ming dollar evaziga hashamatli sportkar xarid qilishni ma’qul ko‘rgan.

Federal prokuratura uni bank firibgarligida ayblamoqda. Aniqlanishicha, Xayns bankka taqdim etgan hujjatlar qalbaki bo‘lgan. Uning ko‘plab xodimlari faqat qog‘ozda mavjud. Shuningdek, davlat tomonidan ajratilgan pullarni u do‘konlar va Mayamidagi kurortlarda sarflab yuborgan.

Amerikalik erkakning avtomobili va hisobidagi barcha mablag‘lar musodara qilingan. U 30 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi va bir million dollarga yaqin jarima to‘lashi mumkin.

Avvalroq AQSh hukumati mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashga yana 1 trillion dollar ajratishni taklif qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют