» » Homilador ayollarda qanday holatlarda koronavirus yengil o‘tishi ma’lum qilindi

Homilador ayollarda qanday holatlarda koronavirus yengil o‘tishi ma’lum qilindi


O‘zbekistonda shu paytga qadar 234 nafar homilador ayolda koronavirus infeksiyasi aniqlangan, ulardan 7 nafari kasallik oqibatida vafot etgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqarmasi boshlig‘i Barno Abdusamadova qanday holatlarda koronavirus homilador ayollarda og‘ir kechmasligini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, homilador ayollar o‘zini parvarish qilsa, gigiyena qoidalariga rioya qilsa va belgilangan tartiblarga e’tibor bersa, ularga kasallik yuqmaydi.

Shuningdek, homilador ayollarning hozirgi paytda iloji boricha uydan chiqmasligi tavsiya etiladi. Fiziologik jarayonlar kechayotgan homilador ayollarga shifokorlar tomonidan ko‘chaga chiqish, odam ko‘p to‘planadigan joylarga borish man qilinadi.

Vazirlik vakilining aytishicha, kasallik oqibatida vafot etgan homilador ayollarda hamroh kasalliklar kuzatilgan. Bu kasalliklar qatoridan semizlik, yurak qon-tomir yetishmovchiligi, nafar tizimi kasalliklari, buyrak kasalliklari o‘rin olgan.

Tajriba va JSST tadqiqotlarining ko‘rsatishicha, faqat koronavirusning o‘zi bilan kasallangan, ya’ni hamroh kasalligi bo‘lmagan homiladorlarda o‘lim holati qayd etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahrida 28-iyul kuni koronavirusga chalingan 40 yoshli va 34 yoshli ikki homilador ayolning, 27-iyul kuni 35 yoshli va 32 yoshli homilador ayollarning vafoti haqida xabar bergandi. 26-iyul kuni koronavirusga chalingan 34 yoshli yana bir toshkentlik homilador ayol vafot etgan. 24-iyul kuni Qashqadaryoda 35 yoshli homilador ayol koronavirus qurboni bo‘lgani haqida xabar berilgan.

Vazirlik kasallik oqibatida vafot etgan yana bir ayol haqida xabar bermagan. Rasman tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, vafot etgani haqida 9-iyul kuni xabar berilgan 28 yoshli jizzaxlik ayol ham homilador bo‘lgan.

Mavzuga doir: Koronavirusning homilador ayollar va homilaga ta’siri bormi? Mutaxassis javobi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют