» » O‘zbekistonda besh oy davomida 208 nafar homilador ayolda koronavirus aniqlangan

O‘zbekistonda besh oy davomida 208 nafar homilador ayolda koronavirus aniqlangan


O‘zbekistonda shu vaqtgacha (8-iyul 2020-yil) 208 nafar homilador ayolda koronavirus aniqlangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Biz karantin davrida, ya’ni besh oy davomida 3 mingdan ortiq homilador ayollarni karantinga oldik. Ularning 208 nafarida koronavirus aniqlandi. Ushbu infeksiyaning homilador ayol va uning homilasiga qanday ta’sir ko‘rsatishini ortiqcha ta’riflashga hojat yo‘q. Bu vaqt davomida bir qancha koronavirusga chalingan homilador ayollar farzandli bo‘ldi.

 Elmira Bositxonova, Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda koronavirusga chalingan yuragi xasta homilador ayol o‘g‘il farzandli, koronavirus infeksiyasiga chalingan yana bir homilador ayol 7-may kuni qiz farzandli, Toshkentdagi 3-sonli tug‘ruq majmuasida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan homilador ayol 13-may kuni qiz farzand va 7-iyun kuni tug‘ruq jarayoni yetti soat davom etib, o‘g‘il farzandli bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют