» » Toshkentda koronavirusga chalingan homilador ayol farzandli bo‘ldi. Tug‘ruq jarayoni yetti soat davom etdi

Toshkentda koronavirusga chalingan homilador ayol farzandli bo‘ldi. Tug‘ruq jarayoni yetti soat davom etdi


Toshkentda 3-sonli tug‘ruq majmuasida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, shu yerga olib kelingan beshariqlik homilador G. ismli ayol 6-iyun, shanba kuni farzandli bo‘ldi. Sog‘liqni saqlash vazirligidan xabar berishlaricha, jigar yetishmovchiligi bilan xastalangan 21 yoshli ayol 19-may kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan charter reys orqali Toshkentga olib kelingan va karantinga olingan edi.

Unda homiladorlik birinchi yarmi yengil darajadagi toksikoz bilan kechgan. So‘nggi ikki hafta davomida esa oyog‘ida shishlar, nafas siqishi, hansirash, burun bitishi, tomoq qichishishi, ta’m va hid bilish sezgilarining yo‘qolishi, teri sarg‘ayishi boshlangan. Undan olingan tahlil natijalariga ko‘ra, ayolda koronavirus aniqlanib, 3-sonli tug‘ruq majmuasiga olib kelingach, birinchi navbatda tahlillar olingan, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazilgan.

6-iyun kuni homilador ayolda tug‘ruq boshlanib, tug‘ruq jarayoni yetti soat davom etgan. Tug‘ruqning ikkinchi davrida ayolda nafas yetishmovchiligi, holsizlik, qon bosimining keskin ko‘tarilishi kabi belgilar kuchayib, jarayon namlangan kislorod berish ostida olib borilgan. “Tajribali shifokorlarning sa’y-harakatlari natijasida homilador ayol o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Tug‘ruqdan keyingi davrda ayolning hayotiga xavf soluvchi asoratlar kuzatilmadi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etishlaricha, chaqaloqdan koronavirusga olingan tahlil natijalari unda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatgan. Ayni paytda chaqaloqning holati qoniqarli bo‘lib, onasi bilan birga shifokorlarning tibbiy kuzatuvida bo‘lib turibdi.

Avvalroq 10-may kuni Rossiyadan charter reys bilan qaytib kelgan koronavirusga chalingan homilador ayol 13-may kuni Toshkentda farzandli bo‘lgani, 9-aprel kuni poytaxtdagi kasalxonaga yotqizilgan homilador ayolda 10-aprel kuni koronavirus aniqlangani, u 1-may kuni o‘g‘il farzandli bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Sog‘liqni saqlash vazirligining 9-maydagi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 30 nafar homilador ayolda koronavirus aniqlangan edi.

Ma’lumot uchun, 7-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 4181 ta holat aniqlangan. Ayni vaqtda 896 nafar bemor davolanishni davom ettirmoqda, ulardan 11 nafarining ahvoli og‘ir, 3 nafarining ahvoli o‘tar og‘ir. 3268 nafar bemor to‘liq sog‘aygan, 17 nafar bemor vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 27) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют