» » Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi: UzAuto Motors “Raqobat to‘g‘risidagi” qonunni buzgan

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi: UzAuto Motors “Raqobat to‘g‘risidagi” qonunni buzgan


Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hukumat topshirig‘i hamda fuqarolardan yozma va ommaviy axborot vositalari orqali kelib tushgan murojaatlarni inobatga olgan holda UzAuto Motors’da O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonuni va sohani tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlar talablariga rioya etilishi, shu jumladan, ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar tannarxi shakllanishi va narx qo‘llanilishi asosliligi yuzasidan vakolat doirasida tekshirish o‘tkazdi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar bergan.

Qayd etilishicha, tekshirish natijalari bo‘yicha UzAuto Motors tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning tegishli moddasi talablari buzilishi alomatlari aniqlanib, belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilgan.

UzAuto Motors’ga nisbatan qo‘zg‘atilgan ish bo‘yicha Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining maxsus komissiyasi tomonidan tegishli qaror qabul qilinganidan so‘ng natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim etiladi”, – deyiladi xabarda.

2020-yil 10-iyulda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Akfa universitetiga oid Prezident qarori loyihasi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga zidligini bildirgan. Undan avval Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi O‘zbekistonda qator korxonalarga eksklyuziv imtiyozlar berish huquqini bekor qilishni ko‘zda tutuvchi Prezident farmoni loyihasini muhokamaga qo‘ygan. Farmon loyihasida Akfa universitetiga berilgan soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish ko‘zda tutilgandi.

Shuningdek, 20-iyulda “O‘zmetkombinat” yuqoridagi farmon loyihasiga ko‘ra metall parchalarini tayyorlash bo‘yicha monopoliyasi bekor qilinishiga qarshi chiqqani va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ushbu munosabatga batafsil javob qaytargani xabar qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют