» » U chempionlikni shunday nishonlaydi: Krishtianu Ronaldu 6 million yevroga yaxta sotib oldi

U chempionlikni shunday nishonlaydi: Krishtianu Ronaldu 6 million yevroga yaxta sotib oldi


“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu yangi yaxta sotib oldi.

Daily Mail’ning yozishicha, portugaliyalik futbolchi yaxta uchun 5,5 million funt (6,08 million yevro) sarflagan.

Unda beshta kayuta, oltita hammom, ikkita dam olish zonasi, bitta katta dam olish (launj) maydoni, zamonaviy oshxona va dengiz manzarasini ko‘rish imkoniyatini taqdim etadigan katta derazalar mavjud.

Ronaldu ushbu yaxtada oilasi bilan hordiq chiqarayotgani aks ettirilgan fotosuratni Instagram’dagi sahifasiga joylashtirgan.

Ronaldu Italiya chempionatining 2019/20-yilgi mavsumida 33 ta o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning Turin klubi shartnomasi 2022-yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi.

Krishtianu Ronalduning La Liga 2014/15-yilgi mavsumida urgan 48 ta golni tomosha qiling (video)

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют