» » Trampni yosh amerikaliklarning atigi 32 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda

Trampni yosh amerikaliklarning atigi 32 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda


18 dan 29 yoshgacha bo‘lgan amerikaliklar tomonidan Donald Trampning AQSh prezidenti lavozimidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlanish darajasi atigi 32 foizni tashkil etmoqda. Garvard universiteti qoshidagi siyosatshunoslik instituti tomonidan e’lon qilingan jamoatchilik fikri so‘rovi natijalari shundan dalolat bermoqda, deya ma’lum qildi “TASS”. 

Sotsiologik tadqiqot natijalariga ko‘ra, 40 foizga yaqin respondent Tramp prezidentligining ilk 100 kunidan qoniqish bildirmadi.

IShIDga qarshi kurash bo‘yicha harakatlarini bor-yo‘g‘i 33 foiz ishtirokchi ma’qulladi. Bu ko‘rsatkich sog‘liqni saqlashda 30, ekologiyada 28, irqlararo muammolarga yondoshuvda esa 27 foizni tashkil etdi.

Tramp tuzgan iqtisodiy dastur so‘rov qatnashchilarining 37 foiziga ma’qul keldi, xolos. Uning Twitter’dagi doimiy chiqishlari salkam 79 foiz respondentga yoqmadi. 

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-04-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют