» » Habibulla Oqilov: “Ikkinchi to‘lqin boshlanishi uchun birinchisi tugashi kerak”

Habibulla Oqilov: “Ikkinchi to‘lqin boshlanishi uchun birinchisi tugashi kerak”


Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov AOKA zalida o‘tkazilgan matbuot anjmanida O‘zbekistonda koronavirusning ikkinchi to‘lqini hali boshlanmaganini ma’lum qildi.

“Ikkinchi to‘lqin boshlanishi uchun birinchisi tugashi kerak. Birinchi to‘lqin qachon tugaydi, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Qachonki oxirgi bemor klinikadan chiqib ketgandan keyin birorta kasal qolmaganida birinchi to‘lqin tugagan bo‘ladi. Muayyan muddatdan keyin yangi bemor aniqlansa, shunda ikkinchi to‘lqin deyiladi. Shuning uchun ikkinchi to‘lqin haqida gapirishga bizga juda erta”, — deydi mutaxassis.

Shuningdek, Oqilov ayni damda kasallanish dinamikasi yuqori bo‘lib turgan vaziyatda 15-avgustdan so‘ng karantin choralari yumshatilishi qanchalik to‘g‘ri, degan savolga ham izoh berib o‘tgan.

“15-avgust haqida gapiradigan bo‘lsak, bizda hali salkam ikki hafta vaqtimiz bor. Agar ikki hafta mobaynida xuddi shu dinamika qayd etilsa, ya’ni o‘tgan kunlarda kasallik qayd etilishi 700 dan oshgan bo‘lsa va bugun 513 taga tushgan bo‘lsak, keyingi kunlarda 500, 450 qayd etilib, shu raqamlarda tursak, albatta, 15-avgustdan keyin yumshatsa bo‘ladi. Shundagina taklif bilan Respublika maxsus komissiyasiga chiqishimiz mumkin”.

Koronavirusga qarshi kurashish shtabining yana bir a’zosi Anvar Alimov esa Oqilovning javobiga qo‘shimcha tarzda karantin joriy qilishda kasallik tarqalishining oldini olish, kasallik tarqalishi yuklamasini sog‘liqni saqlash tizimi qanchalik eplay olishini bilish kabi jihatlar ham borligini qayd etdi.

“Sog‘liqni saqlash tizimi kasallikning qanchalik ortishiga qaramasdan, qancha bemor bo‘lgan holatda ham sog‘liqni saqlash tizimi ularni to‘laqonli, sifatli davolash imkoniyatiga ega bo‘lishi bu eng asosiy mezon. Karantin tadbirlari tarqalayotgan kasallikni eplab olish darajasi bilan bevosita bog‘liq”.

Eslatib o‘tamiz, Habibulla Oqilov 8-iyul kuni qilgan chiqishida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimidagi resurslar “poyoniga yetgani”, bo‘sh koyka-o‘rinlar qolmaganini ma’lum qilgan. 9-iyuldagi brifingda esa shtab a’zosi koyka-o‘rinlar, dori zaxirasi mavjudligini, tizim har qancha bemorni qabul qila olishini ta’kidlagandi. O‘zbekiston hukumatining 16-iyul kuni e’lon qilgan, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga hayfsan berish haqidagi farmoyishida esa O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini ketayotgani ta’kidlangan edi.  Habibulla Oqilov 3-avgust kuni “O‘zbekiston 24” telekanalidagi chiqishi vaqtida karantin choralari yumshatiladigan bo‘lsa, kasallar sonining ortib ketishi ehtimoliga mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi tayyor ekanligini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют