» » O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19’ni ambulator hamda uy sharoitida davolash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqdi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19’ni ambulator hamda uy sharoitida davolash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqdi


Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan bemorni ambulator va uy sharoitida davolashda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar haqida ma’lumot berdi.

Vazirlik axborot xizmatining birinchi yo‘riqnomasida COVID-19’ga chalingan bemorlarni ambulator sharoitda davolashning 10 kunlik tartibi haqida so‘z yuritilgan.

Bemorning ichki kasalliklari avvaldan bo‘lgan bo‘lsa, qon bosimini tushiruvchi va qonni suyultiruvchi dorilarni oilaviy shifokor bilan maslahatlashib, uning tavsiyasiga ko‘ra qabul qilish so‘ralgan. Shuningdek, qandli diabet kasalligiga chalinganlarga ham qand miqdorini kamaytiruvchi dorilarni shifokor maslahati bilan qabul qilish tavsiya etilgan.

Kun tartibi va yo‘riqnoma quyidagi infografikada keltirib o‘tilgan.

Mavzuga doir: 

Shuningdek, vazirlik axborot xizmati tomonidan koronavirusga chalingan bemorlarni uy sharoitida davolash bo‘yicha asosiy tavsiya va qoidalar ham taqdim etilgan.

Avval O‘zbekistonda koronavirusning alomatsiz shakli bilan uyda davolanish shartlari ishlab chiqilgani, koronavirusning alomatsiz shakli bilan kasallanganlarni uy sharoitida davolash tartibi belgilangani haqida xabarlar berilgan. Shuningdek, “Yuksalish” umummilliy harakati Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma’lumotlarga asoslangan COVID-19’ning asosiy klinik alomatlari va ularning kunlik jadvali e’lon qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2020, 00:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют