» » San-Fransisko sudi Trampning muhojirlik bilan bog‘liq yana bir farmoniga taqiq qo‘ydi

San-Fransisko sudi Trampning muhojirlik bilan bog‘liq yana bir farmoniga taqiq qo‘ydi


San-Fransisko federal sudi AQSh prezidenti Donald Trampning noqonuniy muhojirlarni yashirib kelayotgan “boshpana-shaharlar”ni budjet orqali moliyalashtirishdan mahrum etish haqidagi farmoniga taqiq qo‘ydi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Sudya Uilyam Orrik prezident farmonini mamlakat konstitutsiyasiga zid deb topdi. 

Trampning farmoniga San-Fransisko va Santa-Klara okruglari munitsipalitetlari qarshi chiqdi. Ularga ko‘ra, AQSh prezidenti shahar va munitsipal tuzilmalar hududida qoidalar joriy etish huquqiga ega emas, muhojirlar bilan munosabat qoidalari esa mahalliy rasmiylar ixtiyorida. 

AQShda “boshpana-shaharlar” ilk bor o‘tgan asrning 70-yillarida paydo bo‘lgandi. Hozir mamlakatda mahalliy rasmiylari aholisining muhojirlik maqomi haqida federal hukumatga ma’lum qilishdan bosh tortayotgan 300 dan ortiq shunday shahar mavjud. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-04-2017, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют