» » O‘zbekistonda koronavirusni 5-10 daqiqada yo‘q qiluvchi tibbiy kombinezonlar ishlab chiqarish boshlandi

O‘zbekistonda koronavirusni 5-10 daqiqada yo‘q qiluvchi tibbiy kombinezonlar ishlab chiqarish boshlandi


O‘zbek to‘qimachilari 100 foiz paxtali gidrofob matosiga asoslangan himoya vositalarini ishlab chiqarishni boshladi, deya xabar bermoqda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi o‘z saytida.

Ma’lum qilinishicha, paxta matosiga maxsus himoya xususiyatlarini berish texnologiyasini qo‘llash orqali ishlab chiqarilgan kombinezonlar patogen bakteriya va viruslarni yuqtirish xavfining oldini oladi.

Loyiha tashabbuskori “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi Cotton Road qo‘shma korxonasi bo‘lib, hozirgi vaqtda Germaniyaning CHT GmbH va Shveysariyaning CHT Switzerland AG kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomaga binoan korxona Yevropaning so‘nggi HeiQ Viroblock innovatsion ishlanmasini o‘zlashtirdi. Bu kumush ionlarining mikroqismlari bilan singdirilgan maxsus vezikulyar tarkibiy qismlarga ega antivirus va antibakterial texnologiya orqali paxta matosidan himoya kostyumlar ishlab tizimidir.

Kumush ionlari bir-biriga qarama-qarshi zaryadlangan viruslarni jalb qiladi va darhol ularning oltingugurt guruhlariga bog‘laydi, keyin vezikulyar tarkibiy qism virusni yo‘q qiladi. Ushbu yangi texnologiya qisqa 5-10 daqiqada SARS-CoV-2 patogen sekretsiyasini faol ravishda yo‘q qilishga, kiyimlarni o‘z-o‘zini tozalashga imkon beradi. Bu esa hozirgi vaqtda foydalanilayotgan himoya kombinezonlariga qaraganda samaraliroq.

Qayd etilishicha, paxta matosidan ishlab chiqarilgan kombinezonlar polimer, xususan, spanbonddan ishlab chiqarilgan kombinezonlarga nisbatan quyidagi ustunliklarga ega:

Innovatsion texnologiya Shveysariyada antivirus matolarni ishlab chiqarish uchun maxsus yaratilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют