» » “Barselona” Ansu Fati bilan yangi shartnoma tuzadi. 17 yoshli futbolchining tovon puli 400 mln yevro bo’ladi

“Barselona” Ansu Fati bilan yangi shartnoma tuzadi. 17 yoshli futbolchining tovon puli 400 mln yevro bo’ladi


“Barselona” jamoa vingeri Ansu Fati bilan 2024-yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnomani imzolashga yaqin turibdi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko‘ra, katalon klubi va 17 yoshli ispaniyalik futbolchi o‘rtasidagi muzokaralar ijobiy yakun topish arafasida.

Ta’kidlanishicha, yangi bitimda Fatining tovon puli avval xabar qilinganidek, 400 million yevro etib belgilanadi.

Qayd etish joiz, Fatining “ko‘k-anorranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilning iyuniga qadar amal qiladi.

Ansu Fati “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. U Ispaniya La Ligasining 2019/20-yilgi mavsumida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z nomiga 7 ta gol va 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Ansu Fatining 2019/20-yilgi mavsum “Barselona” safidagi barcha gollari va assistlari (video)

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют