» » David Silva A Seriyaga ko‘chib o‘tadigan bo‘ldi. Unga Xavi jamoasi ham da’vogar edi

David Silva A Seriyaga ko‘chib o‘tadigan bo‘ldi. Unga Xavi jamoasi ham da’vogar edi


Ispaniyalik yarim himoyachi David Silvaning “Manchester Siti” bilan amaldagi kelishuvi 24-avgust kuni nihoyasiga yetadi. Shundan so‘ng futbolchi klubni erkin agent sifatida tark etadi.

Italiyalik taniqli jurnalist Nikola Skiraning yozishicha, 34 yoshli Silva Rimning “Latsio” klubiga o‘tadi. Tomonlar hozirda muzokaralarning yakuniy bosqichida ekanligi ta’kidlangan.

“Latsio” Davidga 3 yillik bitim taklif qilgan. Bu vaqtda Silva bonuslardan tashqari yiliga 3 million yevro ishlab topadi. Rimliklar prezidenti Klaudio Lotito Silva transferi tez kunlarda hal etilishiga ishonmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq David Silvaning xizmatlariga Xavi ustozlik qilayotgan Qatarning “As-Sadd” klubidan qiziqish borligi aytilgandi.

Qayd etish joiz, David Silva so‘nggi 10 yilni “Manchester Siti” safida o‘tkazdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют