» » Dehqonobod kaliy zavodi o‘n yillik faoliyati davomida xorijga 300 mln dollarlik mahsulot sotgani ma’lum qilindi

Dehqonobod kaliy zavodi o‘n yillik faoliyati davomida xorijga 300 mln dollarlik mahsulot sotgani ma’lum qilindi


Dehqonobod kaliy zavodi o‘tgan o‘n yillik faoliyati davomida 30 dan ortiq xorijiy mamlakatga 300 million dollarlik kaliy o‘g‘itini eksport qilgan. Bu haqda “Daryo”ga zavod axborot xizmati xodimi Omon Hamrayev ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Dehqonobod kaliy zavodi 2010-yil avgust oyida o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, zavod ayni kunga qadar 1,5 million tonnadan ortiq kaliy xlorid sotgan. Eksport hajmining 50 foizi Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi.

“2020-yilning iyun oyida Indoneziyada bo‘lib o‘tgan konkursda Dehqonobod kaliy zavodi AJ ushbu mamlakatga 70,0 ming tonna kaliyli o‘g‘itlarni eksport qilish bo‘yicha g‘olib bo‘ldi. Bugungi kunda mahsulotni yuklash ishlari boshlangan”, — deydi Omon Hamrayev.

Qo‘shimcha qilinishicha, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan kaliy xloridga xorijda talab ko‘paygan va zavodning eksport geografiyasi ham kengaygan. Shu yilning ikkinchi choragidan boshlab mahsulotlar Yevropa mamlakatlari – Ukraina, Latviya, Litva, Gruziya, shuningdek, Yaponiya bozoriga eksport qilinmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 60) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют