» » Tramp AQSh fuqarolariga TikTok va WeChat kompaniyalari bilan aloqa qilishni taqiqladi

Tramp AQSh fuqarolariga TikTok va WeChat kompaniyalari bilan aloqa qilishni taqiqladi


AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat fuqarolariga TikTok qisqa video-servisiga va WeChat messenjeriga egalik qiluvchi Xitoyning ByteDance va Tencent kompaniyalari bilan bitimlar tuzishni taqiqlovchi ikkita farmonni imzoladi. Farmonlar 20-sentabrda kuchga kiradi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

O‘zining farmonlari bilan Tramp Amerika yurisdiksiyasiga aloqador har qanday odamning ushbu kompaniyalar va ularning filiallari bilan bitimlar tuzishni taqiqladi. Shu bilan birga, Oq uy vakili Los-Anjeles Times’ga aytishicha, WeChat’ga tegishli qaror faqat Tencent’ning boshqa tuzilmalariga emas, balki messenjer bilan bog‘liq bitimlarga nisbatan qo‘llaniladi.

Tramp, TikTok va WeChat AQShning xavfsizligi, tashqi siyosati va iqtisodiyotiga tahdid soladi, deb hisoblaydi. Farmonlarga ko‘ra, ilovalar josuslik qilishlari va foydalanuvchi ma’lumotlarini Xitoy hukumatiga yetkazishi mumkin.

ByteDance vakilining so‘zlariga ko‘ra, TikTok Xitoy hukumati bilan ma’lumot almashmaydi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi, o‘z navbatida, AQSh prezidenti ma’muriyatining harakati bozor tamoyillari va xalqaro savdo qoidalariga zid ekanligini aytdi.

Shuningdek, Microsoft kompaniyasi AQSh, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiyada xizmat ko‘rsatish biznesini rivojlantirish niyatida bo‘lgan TikTok’ga qiziqish bildirmoqda.

Bloomberg nashrining ta’kidlashicha, Microsoft TikTok’ni to‘liq sotib olish uchun ByteDance bilan muzokaralar olib borayotgan edi, lekin Trampning mamlakatda bu tarmoqni taqiqlash niyatida ekanidan so‘ng muzokaralar vaqtincha to‘xtatildi. Avvalroq, Donald Tramp, shuningdek, butun TikTok biznesini sotib olish bo‘yicha taklif bilan chiqdi. ByteDance bu haqida izoh berishdan bosh tortdi va kompaniya TikTok’ning uzoq muddatli muvaffaqiyatiga ishonishini aytdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют