» » Microsoft Trampning tahdididan so‘ng TikTok’ni sotib olish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatib qo‘ydi

Microsoft Trampning tahdididan so‘ng TikTok’ni sotib olish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatib qo‘ydi


Microsoft korporatsiyasi TikTok ijtimoiy tarmog‘ining Amerika bo‘linmasini sotib olish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatib qo‘ydi, deb xabar beradi The Wall Street Journal.

Bu kabi qaror AQSh prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqni mamlakat hududida taqiqlashi mumkinligi hamda TikTok’ni biror Amerika kompaniyasi sotib olishini qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qilganidan so‘ng qabul qilingan.

Microsoft korporatsiyasi o‘zining saytida ma’lum qilishicha, Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli TikTok servisini xarid qilish borasidagi muzokaralar qayta boshlanadi.

Muzokaralarni qaytadan boshlash qarori Microsoft bosh direktori Satya Nadellaning AQSh prezidenti Donald Tramp suhbatidan so‘ng qabul qilingan.

“Microsoft ByteDance bilan muzokaralarga bir necha hafta ichida kirishadi, har qanday holatda ham u 2020-yilning 15-sentabriga yakunlanadi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, iyul oxirlarida investorlar TikTok servisini 50 milliard dollarga baholagan edi.

Ma’lumot uchun, ByteDance TikTok’ni 2017-yilda xarid qilgan Musical.ly karaoke-ilovasi bazasida yaratgan. TikTok qisqa musiqiy video yaratishga, jonli efirlarni amalga oshirishga va xabar almashishga imkon beruvchi ijtimoiy tarmoq servisi hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют