» » Microsoft Pentagonga o‘zining istalgan texnologiyasini taqdim etishga tayyorligini bildirdi

Microsoft Pentagonga o‘zining istalgan texnologiyasini taqdim etishga tayyorligini bildirdi


Microsoft korporatsiyasi AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan 10 yil avval e’lon qilingan tenderdan voz kechmasligini ma’lum qildi. Jamoatchilik tanqidiga qaramay, korporatsiya o‘zining barcha texnologiyalarini harbiylarga taqdim etishi shart, deb hisoblaydi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Kompaniya rahbari Bred Smitning ma’lum qilishicha, korporatsiya Amerika harbiylariga ular zarur deb hisoblagan istalgan texnologiyani sotadi. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu sun’iy idrok bilan bog‘liq texnologiyalarga ham taalluqli.

“Microsoft AQShda tug‘ilgan, shu yerda o‘zining bosh qarorgohiga ega va shu mamlakat faoliyat olib borib, rivoj topgani uchun ham uzoq vaqt ustunlikka ega bo‘lgan”, — dedi Bred Smit.

The New York Times’ning qayd etishicha, Microsoft vakillari Pentagon bilan hamkorlik qilish niyatida ekanini boshqa bir AKT-gigant — Google AQSh Mudofaa vazirligi bilan hamkorlik qilishdan bosh tortganidan bir necha oy o‘tib ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-10-2018, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют