» » COVID-19’ga chalingan bemorlarni qabul qilgan va ularni davolashda davlat standartlarini buzgan xususiy klinikalarning litsenziyasi sud orqali bekor qilinadi

COVID-19’ga chalingan bemorlarni qabul qilgan va ularni davolashda davlat standartlarini buzgan xususiy klinikalarning litsenziyasi sud orqali bekor qilinadi


Sog‘liqni saqlash vazirligida COVID-19 infeksiyasini aniqlash va davolashda qatnashayotgan xususiy tibbiyot muassasalarining vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar qilgan.

Yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari U. Sobirov COVID-19 infeksiyasini davolayotgan nodavlat tibbiyot muassasalarida o‘tkazilgan monitoring natijalari to‘g‘risida ma’lumot bergan.

Vazir o‘rinbosarining qayd etishicha, Toshkentda jami 14 ta xususiy klinika koronavirusga chalingan bemorlarni qabul qilmoqda. Ularning 7 tasi davolashni boshlash uchun sanitariya-epidemiologiya qoidalari va davolash standartlariga rioya qilish bo‘yicha Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan shartnoma imzolagan.

“COVID-19 koronavirus infeksiyasini davolayotgan xususiy tibbiyot tashkilotlarining aksariyatida zarur tibbiy asbob-uskunalar yetishmaydi, tegishli mutaxassislar tanqisligi kuzatilmoqda. Ular orasida sanitariya-epidemiologiya qoidalariga hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan standartlarga rioya qilmasdan ish yuritayotganlari uchramoqda”, – deyiladi SSV xabarida.

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi assistenti Alla Rosstalnaya xususiy klinikalarda COVID-19 infeksiyasidan davolanayotgan bemorlarga yuritilgan kasallik tarixlarini tahlil qilar ekan, ularga keragidan ortiq dori-darmonlar, tegishli ko‘rsatma mavjud bo‘lmasa-da, ikki va undan ortiq antibiotiklar berilganligini, davolash standartlariga zid ravishda infuzion suyuqliklar quyilganligini aytgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi mutaxassislarning xulosalariga ko‘ra, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanishning dastlabki bosqichida turli infuzion suyuqliklar bilan davolash, bittadan ortiq antibotikni qo‘llash kasallikning tez suratlarda og‘ir shakliga o‘tib ketishga sabab bo‘lmoqda. Monitoring davomida xususiy tibbiyot tashkilotlarida aynan shunday xatoliklarga yo‘l qo‘yilgani qayd etilgan.

Yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vazirligi Litsenziyalash va akkreditatsiyalash boshqarmasiga hududiy sanitariya-epidemiologiya tashkilotlari bilan birgalikda xususiy tibbiyot tashkilotlarining koronavirusga chalingan bemorlarni davolash bilan bog‘liq faoliyatini monitoring qilib borish, davolash standartlarini buzgan xususiy klinikalarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rish, shu jumladan, ularning litsenziyalarini bekor qilish bo‘yicha sudlarga da’vo arizalarini kiritish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

2020-yil 18-iyulda O‘zbekistonda 2020-yil 16-iyul holatiga ko‘ra, koronavirus uchun PZR usulida laborator tekshiruvlarni olib borayotgan nodavlat tibbiyot tashkilotlari ro‘yxati e’lon qilingan.

29-iyulda Toshkentning Yunusobod tumanidagi “Oloy” bozori avtoturargohi hududida aholidan koronavirusga test olish va inson salomatligi hamda immunitetini tekshirish bo‘yicha tibbiyot punktlari tashkil qilingani haqida xabar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 46) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют