» » Termizda PPX xodimining talabiga bo‘ysunmay qochishga uringan taksi haydovchisi tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi

Termizda PPX xodimining talabiga bo‘ysunmay qochishga uringan taksi haydovchisi tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi


Ijtimoiy tarmoqlarda taksi haydovchisi YPX xodimini mashina kapotida olib ketayotgani aks etgan video tarqaldi. IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXBB) axborotiga ko‘ra, voqea 7-avgust kuni Surxondaryo viloyati ma’muriy markazi Termiz shahrida yuz bergan.

Viloyat IIB Post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi PPX batalyoni 1-otryad safdor xodimi Sh.Rahimov hamda viloyat IIB YHXB Yo‘l-patrul xizmati otryadi 1-safarbar guruhi inspektori safdor Sh.Nazarov tasdiqlangan rejaga asosan Termiz shahri Islom Karimov ko‘chasida xizmat olib borayotgan vaqtda Matiz mashinasi svetoforning taqiqlangan chirog‘ida harakatlanib kelgani uchun to‘xtatilgan.

YPX xodimi o‘zini tanishtirib, haydovchidan avtomashinani chetga olishini va hujjatlarini taqdim etishini so‘ragan. Shunda haydovchi YPX xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmay, yo‘lini to‘sib chiqqan PPX xodimining ustiga qarab harakatlangan. PPX xodimi mashinaning kapotiga osilib qolganiga qaramay, 1983-yilda Termiz shahrida tug‘ilgan haydovchi U.K. harakatni davom ettirgan.

YHXBB tomonidan taqdim etilgan videoda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan Labo haydovchisi Matiz’ning yo‘lini to‘sib, taksi haydovchisining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yishga uringani, biroq Matiz haydovchisi unga chap berib, harakatni davom ettirganini ko‘rish mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, tezlik pasayganidan foydalanib, PPX xodimi mashina kapotidan tushib olishga muvaffaq bo‘lgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, Matiz ko‘p yurmay Surxondaryo Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga tegishli Damas tez yordam mashinasiga borib urilgan.

IIV YHXBB ayni paytda mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют