» » Mavlud Chavusho‘g‘li: Turkiya O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi muhim hamkori sifatida biladi

Mavlud Chavusho‘g‘li: Turkiya O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi muhim hamkori sifatida biladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-aprel kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lini qabul qildi. Uchrashuvdan so‘ng vazir suhbat tafsilotlari, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining istiqbollari haqida O‘zAga qisqacha intervyu berdi.

Avvalo, samimiy qabul uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga chuqur minnatdorlik bildiraman. Turkiya O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi muhim va uzoq muddatli hamkori sifatida biladi, o‘rtadagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlash, hamkorlikni o‘zaro ishonch tamoyillari asosida rivojlantirish tarafdori.

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning 2016-yil noyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvida bugungi hamkorlik munosabatlari O‘zbekiston va Turkiyaning imkoniyat va salohiyatiga mos emasligi ta’kidlanib, ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro ishonch muhitini mustahkamlash masalasi muhokama qilingan, tashqi siyosat mahkamalarining muntazam maslahatlashuvlarini tashkil qilish, xalqaro tashkilotlar doirasida bir-birini qo‘llab-quvvatlash, hamkorlikning yangi sahifalarini ochish borasida samarali kelishuvlarga erishilgan edi.

Ikki mamlakat hamkorligini rivojlantirishda yangi loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Ushbu rejalarni hayotga tatbiq etishda Samarqand viloyatida barpo etilayotgan “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi muhim qadam bo‘ldi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarda madaniy-gumanitar hamkorlik alohida o‘rin tutadi. Bu boradagi sheriklikni rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Turkiyaning yetakchi turistik kompaniyalarini jalb etgan holda O‘zbekistonda sayyohlik infratuzilmasini yanada rivojlantirish, Samarqand, Buxoro, Xorazm va Toshkent viloyatlarida xalqaro talablarga mos zamonaviy sayyohlik majmualari barpo etish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzuridagi qabulda muhokama qilingan masalalar, davlatlarimiz rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlar munosabatlarimizni yangi bosqichga ko‘tarib, o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi sahifalarini ochishga xizmat qilishiga ishonamiz.

Mavlud Chavusho‘g‘li, Turkiya tashqi ishlar vaziri

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-04-2017, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют