» » AQShda eshiklari surib ochiladigan o‘ta qimmat va noyob Mohs SafariKar avtomobili sotuvga qo‘yildi (foto)

AQShda eshiklari surib ochiladigan o‘ta qimmat va noyob Mohs SafariKar avtomobili sotuvga qo‘yildi (foto)


AQShning Pensilvaniya shtati Kortdeyl shahrida 1973-yilda ishlab chiqarilgan Mohs SafariKar avtomobili sotuvga qo‘yildi. Bu haqda Carakoom xabar berdi.

Bunday avtomobil atigi uch nusxada 70-yillarning boshida ishlab chiqarilgan. Ushbu noyob mashina uchun 385 ming dollar so‘ralmoqda.

Eshiklar – bu mashinaning noodatiy qismlaridan biri. Ular Jeyms Bond mashinasida osonlik bilan bo‘lishi mumkin, faqat Mohs SafariKar’da ular dushman atrofida katta tezlikda orqaga o‘tib yoki aylana olmaydi. Eshiklar kuzovdan tashqariga surib ochilib, old va orqa o‘rindiqlarga kirish imkonini beradi.

Qayd etilishicha, kuzovning har uchta nusxasi ham qo‘lda yasalgan. Bo‘yoq o‘rniga mashhur Amerika brendi Naugahyde sun’iy terisi ishlatilgan, kuzov panellariga alyuminiy yopishtirilgan. Yana bir xususiyati, buklama qattiq tomga ega ekanligi.

SafariKar 70-yillar pikap ramkasida yasalgan hamda 6,4 litr sig‘imli V8 motoriga ega. Uchta chelak ko‘rinishli o‘rindiqlar bilan jihozlangan interyer g‘ayrioddiy ko‘rinadi. Shuningdek, e’londa avtomobil egasi uni qayta tiklash uchun 650 ming dollardan ko‘proq mablag‘ sarflagani aytiladi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют